Navoiy viloyat IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-06-02 14:00:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabulida ham 10ga yaqin fuqarolarning muammolari hamda IIBda faoliyat olib borayotgan xodimlarning shaxsiy ijtimoiy va xizmatni oʻtash bilan bogʻliq murojaatlari tinglandi.
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga yechim topishda davlat organlarining rahbarlari tomonidan muntazam ravishda uchrashuvlar, shaxsiy va sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.
Viloyat IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabulida ham 10ga yaqin fuqarolarning muammolari hamda IIBda faoliyat olib borayotgan xodimlarning shaxsiy ijtimoiy va xizmatni oʻtash bilan bogʻliq murojaatlari tinglandi.
Unda bildirilgan taklif va murojaatlar masʼullar tomonidan belgilab olinib tez va sifatli hal etish choralari koʻrildi. Jarayonda murojaatlardan ayrimlari shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, muayyan vaqt va oʻrganilish talab etiladigan masalalar shaxsan nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatiga oʻz vaqtida ijobiy yechim topish, jamiyat barqarorligini taʼminlash bilan bir qatorda ularning huquqiy savodxonligini oshirishda ham muhim omil boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati