Aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks targʻibot tadbirlari doirasida Andijon davlat chet tillari institutida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-06-03 09:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlimi masʼul xodimlari, institut rahbariyati va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan kiberjinoyat tushunchasi, bank kartasi maʼlumotlarini begonalarga bermaslik, turli soxta mukofotlar va aksiyalar haqidagi xabarlarga ishonmaslik, axborot tizimlarida koʻp faktorli autentifikatsiyadan foydalanish zarurati va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keng qamrovli maʼlumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.
Hozirda bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati