Tezkor-profilaktik tadbir. Harakat xavfsizligi uchun
2025-06-06 08:10:00 / Yangiliklar

Yurtimizda joriy yilning 15-aprel kunidan 15-may kuniga qadar oʻtkazilgan «Xavfsiz va sogʻlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirida Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, 117096 ta qoidabuzarlik aniqlanib, qonuniy chora koʻrilgan. Shuningdek, 197 ta holatda giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalari olib yurilgani aniqlangan. Avtotransport vosita-larining salon va yukxonalari tekshirilganda, 452 ta inson hayoti uchun xavfli boʻlgan oʻtkir tigʻli jismlar borligi aniqlangan.
Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 8 ta svetofor obyekti oʻrnatildi va 84 donasiga texnik xizmat koʻrsatildi. Bundan tashqari, 601 dona yangi yoʻl belgilari oʻrnatilib, 44908m2 yotiq yoʻl chiziqlari chizildi.
Poytaxt yoʻllarida tezlik bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 6 ta foto-video qayd etish texnika vositalari oʻrnatildi, yana 3 tasining joylashuv manzili oʻzgartirildi.
Oʻz muxbirimiz. Toshkent shahri.