IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi doirasida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-06-11 16:10:00 / Yangiliklar

Vazirlik miqyosida eʼlon qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi doirasida tashkil etilgan ushbu yigʻilishda, yuqori rahbariyat, boʻlinmalar komandirlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etishdi, unda soʻz olganlar, korrupsiya nafaqat jinoyat, balki, har qanday tizimni toʻliqligicha ishdan chiqaruvchi illatligi, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri haqida keng va atroflicha misollar bilan toʻxtalib, soʻnggi yillarda unga qarshi kurash keskin tarzda amalga oshirilayotganligi, jazo chorasi esa qatʼiyligini ham taʼkidlab oʻtishdi.
Shuningdek, tadbirda harbiy xizmatchilar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, tizimda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning belgilangan qonunchilik va nizomlarga qatʼiy amal qilishi lozimligi xususida ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Mazkur yigʻilish orqali Qorovul qoʻshinlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi yondashuv yanada kuchaytirilib, tizimda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi