Videoreportaj: Jizzax shahrida Xotira va qadrlash kuni arafasida qabristonlar obodonlashtirilmoqda
2025-05-08 13:20:00 / Yangiliklar

Jizzax shahrida Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olish, o‘tganlarning xotirasini e’zozlash hamda yosh avlod ongida vatanparvarlik, tarixga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida shahar hududidagi qabristonlarda keng qamrovli obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar doirasida shaharning turli nuqtalarda joylashgan bir necha yirik va mahalliy qabristonlar tartibga keltirildi. Jumladan, qabr-toshlar atrofi tozalandi, eski yozuvlar qayta tiklandi, qabristonlar atrofiga yangi gullar ekilib, hudud bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘laklarga shag‘al yotqizildi, ogohlantiruvchi va yo‘naltiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatildi.
Bu ishlarga mahalliy hokimiyat idoralari, mahalla faollari, "Nuroniy", "Mahalla", "Yoshlar ittifoqi" kabi jamoat tashkilotlari hamda faol ko‘ngilli fuqarolar jalb etildi.
Mazkur tadbirlar nafaqat hududlarni obod qilish, balki aholida, ayniqsa, yoshlar orasida milliy qadriyatlar, o‘tmishga hurmat, vatanga sadoqat va fidoyilarga minnatdorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Jizzaxliklar uchun Xotira va qadrlash kuni yuraklarda muqim joy olgan muqaddas sana hisoblanadi.
Bu kun nafaqat tarixga bo‘lgan hurmat, balki millat xotirasini saqlash, fidokorona xizmat ko‘rsatgan avlodlarga bo‘lgan chuqur ehtirom va minnatdorlikning amaldagi ifodasidir.
Ayni paytda shaharda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, yodgorliklarga gul qo‘yish marosimlari, keksa avlod va urush qatnashchilari bilan uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.