Videoreportaj: BMB HOLDING — Jizzax viloyatidagi iqtisodiy o‘sish va zamonaviy infratuzilmaning muhim tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda
2025-05-21 09:25:00 / Yangiliklar

Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, Sharof Rashidov,G‘allaorol, Zomin va Zarbdor tumanlarida amalga oshirilgan yirik loyihalar natijasida o‘n minglab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlanmoqda.
Aynan Arnasoy va Baxmal kabi tumanlarning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida nafaqat aholi bandligi ta’minlanmoqda, balki ushbu hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Shu bilan birga, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanida yirik ishlab chiqarish korxonalarining faoliyat yurita boshlashi viloyatning iqtisodiy rivojiga katta turtki bo‘lmoqda.
BMB HOLDING nafaqat ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, balki turizm va yo‘lovchilarga sifatli servis xizmat ko‘rsatish sohalarida ham samarali faoliyat yuritmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatining Chinoz tumani va Jizzax shahri markazida joylashgan turistlar va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan mehmonxona, restoran, avtoturargoh kabi obyektlarning faoliyatini qayd etish lozim.
Ushbu ishlar uzviy davomi sifatida Sharof Rashidov tumanida joylashgan BMB HOLDING tarkibidagi “BMB VILLAGE” majmuasini ham alohida ta’kidlash zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida magistral yo‘llar yoqasida turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistik infratuzilma obyektlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqib, BMB HOLDING viloyatda turizm va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yirik loyiha — “BMB VILLAGE” majmuasini foydalanishga topshirdi.
Zamonaviy uslubda barpo etilgan mazkur majmua BMB HOLDING tomonidan 2025-yilning may oyining o‘zida da foydalanishga topshirilgan uchinchi obyekt bo‘lib, Sharof Rashidov tumanidan o‘tuvchi M-39 magistral yo‘li yoqasida joylashgan.
Ko‘p tarmoqli “BMB VILLAGE” majmuasi tarkibiga 45 o‘rinli, zamonaviy dizaynda qurilgan mehmonxona, restoran, avtoturargoh, avtomobil yuvish shahobchasi hamda kiyim yuvish xizmatlari kiradi.
Loyihaning umumiy qiymati 15 milliard so‘mni tashkil etib, uning amalga oshirilishi orqali Jizzax viloyatida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud infratuzilmasini mustahkamlash rejalashtirilgan.
Qolaversa, BMB HOLDING tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-ma’rifiy jihatdan ham aholining ehtiyojlariga javob beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, BMB HOLDING qaysi yo‘nalishda faoliyat yuritmasin, Davlatimiz rahbari boshchiligida barpo etilayotgan Yangi O‘zbekistonni gullab-ashnatish, xalqimiz farovonligini oshirish va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida barcha imkoniyatlari va salohiyatini safarbar etishda davom etmoqda.