Hokimiyat tuzilmasi

Viloyat hokimining 2017 yil 1 dekabrdagi 735-sonli qarori
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-3407-sonli qarori toʼgʼrisida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgrisida”gi PQ-3403-sonli qarori hamda 2017 yil 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PQ-4947-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish va turizmni rivojlantirish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-3407-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maksadida qaror qilaman:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-3407-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimi, tumanlar va shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (Sh.Nizomov)ga yangi joriy etilayotgan hokim oʼrinbosarlarining funktsional vazifalarini hamda uning kotibiyati toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash boʼyicha taklif kiritish vazifasi yuklatilsin.
Jizzax viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofik, Jizzax shahar hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq, Zomin tumani hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq, Mirzachoʼl, Forish va Baxmal tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 4- ilovaga muvofiq, Yangiobod tumani hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq, Gʼallaorol tumani hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq, Аrnasoy, Doʼstlik, Zarbdor, Zafarobod, Paxtakor va Sharof Rashidov tumani hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq, viloyatdagi davlat boshqaruvi organlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq oʼzgartirishlar kiritilsin.
Viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasiga viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini ushbu qarorga muvofiq qayta koʼrib chiqish topshirilsin.
Viloyat hokimining 2017 yil 8 noyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-2691-sonli qaroriga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblash toʼgʼrisida”gi PQ-3374-sonli qarori toʼgʼrisida»gi 664-qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʼrinbosari А.Xudayberdiev, tashkiliy-nazorat guruxi rahbari Sh.Nizomov zimmasiga yuklatilsin.