Ellikqal’a tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tumanga media-tur tashkil etildi.
2025-03-15 20:15:00 / Yangiliklar
Dastlab Press-tur ishtirokchilari tumandagi bir nechta xonadonlarga tashrif buyurib, aholining o‘z tomorqalarida qanday dehqonchilik qilayotgani bilan yaqindan tanishdilar. Tumanning “Cho‘pon” MFY hududida Sayxunobod tajribasi asosida o‘z xonadonidagi tomorqasidan samarali foydalanib o‘tirgan hamda ko‘chatchilik va bog'dorchilikni yo‘lga qo‘ygan Nurimov Ismoil hamda “Paxtachi” MFY hududida o‘z tomorqasida asalarichilik, bog'dorchilik va kir sovun ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Jumaniyazov Xudoyor xonadonlarida bo’lib xonadon egalarining bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yaratilib berilayotgan har bir imkoniyatdan unumli foydalangan holda o’z tomorqalarida mahsulotlar yetishtirib bugun ham xalqimiz dasturxoniga mo’l ko’l hosil etishtirib qo’ymasdan, o’z xonadoniga yaxshigina daromat ham olib kelmoqda. Ilg‘or dehqonlardan biri o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, tomorqada ekin ekish va parvarishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalarini ham berib o’tdi.
Keyingi manzil “Cho‘pon” MFY hududida OK “MUSLIMBEK PAYPOQLARI” tomonidan amalga oshirilayotgan paypoq ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishish bo’ldi. Tuman sanoati soʻnggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyati sezilarli darajada oshgan.Yaratib berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalangan 35 yoshli tadbirkor Sanjar Alimov o’z xonadonida paypoq ishlab chiqarish tsexini ishga tushurgan.
Navbatdagi manzilimizda ham bizni yosh dehqonlarimiz “Paxtachi” MFY hududida Xadjibaev Mirza tomonidan Sayxunobod tajribasi asosida ijaraga olingan yer maydonlarining 20 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilish loyihasi bilan tanishishdi. Shuningdek ushbu mahallada yashovchi yana bir yosh dehqon Rozmetov Anvar xonadonidagi tomorqasidan samarali foydalanib issiqxonada limon etishtirishni yo‘lga qo‘ygan yosh dehqonimiz zamonaviy tomchilatib sugʻorish texnologiyalari yordamida mo’l hosil olishni niyat qilgan. Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan yosh dehqonlarimiz minnatdor.
Kunning ikkinchi yarmida Press-tur ishtirokchilari Ellikqalʼa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini yoritish maqsadida tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari tumandagi muhim loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. “Sarabiy” OFY hududida “GRACEFUL MEBEL” MChJ tomonidan mebel va temir eshik, darvoza ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib, ushbu loyiha bilan tanishdilar. Darvoza, mebel va temir eshik, mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi mahalliy tadbirkorlikning yuksalib borayotganini namoyon etuvchi loyihalardan biri hisoblanadi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida turli o‘lcham va dizayndagi metall darvozalar ishlab chiqariladi. Mahsulotlar nafaqat mahalliy ehtiyoj uchun, balki boshqa hududlarga ham yetkazib berilmoqda. Shuningdek ushbu mahalladagi yana bir yirik obekt “ELLIKQAL’A OLTIN TOLASI KLASTERI” MChJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan tikuvchilik fabrikasi tashkil qilish loyihasi bilan ham yaqindan tanishishdi.
