Samarqandda "Xalq ijodiyoti karvoni" loyihasining yakuniy tantanali konsert dasturi o‘tkazildi
2024-12-26 11:00:00 / Yangiliklar
Avvalroq Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etishga qaratilgan “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasiga start berilganligi haqida xabar berilgan edi.
Shunga ko'ra, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari tasarrufidagi Xalq havaskorlik jamoalari ishtirokida Samarqandda Xalq ijodiyoti karvoni ijodiy loyihasi amalga oshirildi.
Mazkur loyiha doirasida Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarining markaziy madaniyat markazlarida Xalq havaskorlik jamoalarining o‘ziga xos konsert-tomoshalari tashkil etildi.
Shuningdek, joriy yilning 25-dekabr kuni Samarqand viloyati musiqali drama teatrida "Xalq ijodiyoti karvoni" loyihasining yakuniy tantanali konsert dasturi o‘tkazildi. Unda, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov hamda madaniyat va san'at xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Konsert dasturi davomida mamlakatimizning turli hududlarida ijod qilayotgan folklor-etnografik jamoalar, ashula va raqs ansambllari hamda Toshkent shahrida ijod qiluvchi iste’dodli yosh disko-jokey (DJ)lar ishtirokida qiziqarli konsert-dasturi tashkil etildi.
Shuningdek, Konsert dasturiga yurtimizning yosh taniqli iste’dodli estrada xonandalari ishtirok etdilar.
Ushbu loyihaning tashkil etilishi yurtimizning o‘ziga xos xalq ijodiyotining targ‘iboti sifatida xizmat qilishi shubhasizdir.