Tojikiston bilan hamkorlikda “Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy” filmi suratga olinmoqda
2025-03-11 08:20:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi, unda, Tojikiston bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” filmining keyingi bosqichini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston kino san’ati muzeyi bilan tanishdi, elchiga ekspozitsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekiston kino san’ati muzeyidagi o‘zgarishlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Ayniqsa, o‘zbek kinematografiyasining o‘tmishi va buguni bir joyga jamlangani ularda katta qiziqish uyg‘otdi.