15-aprel — “Madaniyat va san'at xodimlari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri PRESS-RELIZi
2025-04-17 13:10:00 / Press-relizlar
Bugun, 17-aprel kuni Andijon shaharda 15-aprel — “Madaniyat va san'at xodimlari kuni” munosabati bilan Andijon viloyatida vazir Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan ilk marotaba soha xodimlarining xonadonlariga tashrif buyurilib, vazirning maxsus tabrigi hamda tashakkurnomasi taqdim etildi.
Xabaringiz bor ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab, 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” tadbirlari keng ko'lamda nishonlanmoqda.
Bugun, 17-aprel kuni Andijon viloyatida sana munosabati bilan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan ilk marotaba soha xodimlarining ota-onalariga hamda shaxsan xodimning o'ziga vazirning maxsus tabrigi hamda tashakkurnomasi taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu tashabbus madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan ilk marotaba amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonning shunisi e'tiborliki vazir va vazirlik rahbariyati shaxsan madaniyat va san'at sohasi xodimlarining uyiga tashrif buyurib tashakkurnoma va tabrikni yetkazishdi.
Bugun kun davomida ushbu jarayonlar davom etib, kun yakunida sohada fidokorona mehnat qilayotganlarni rag‘batlantirish maqsadida, respublika bo'ylab 60 nafarga yaqin soha vakillariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni tantanali taqdim etilib, Andijon shahar markazidagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida soha xodimlari uchun bayramona dastur bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
“Barcha sohalar qatori madaniyat sohasida ham raqobat tobora kuchayib bormoqda. Inson ongi, hissiyotlari uchun kurash ketmoqda. Qadriyatlarga ta’sir o‘tkazishga, uni o‘zgartirishga urinishlar bo‘lmoqda. Shunday murakkab bir davrda aynan madaniyat va san’at sohasi qalb himoyachisi, tafakkur himoyachisi, qadriyatlar himoyachisi bo‘lib katta maydonda o‘zini ko‘rsata olishi kerak. Boshqacha aytganda, xalqning uyg‘oqligi bevosita madaniyatga, ma’naviyatga bog‘liq. Shu ma’noda, jamiyatimizda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarimizni vatanparvar va fidoyi qilib tarbiyalash masalalari barchamiz uchun dolzarb vazifadir. Bu borada Hurmatli Prezidentimiz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘plab ustuvor reja va maqsadlarni belgilab berdilar” – dedi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z nutqida.
Bu yil to‘rtinchi bor nishonlanayotgan mazkur sana munosabati bilan 60 nafardan ziyod madaniyat va san’at fidoyilari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Va bu jarayon yil davomida bayramlar arafasida davom etadi.
Bayram tadbiri davomida bayramona konsert dasturida taniqli madaniyat va san’at xodimlari o‘z chiqishlari bilan tadbirda yig‘ilganlarga madaniy hordiq va bayramona kayfiyat ulashildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kun holatida Madaniyat vazirligi tizimida jami 36 ming nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Dunyoda kasblar ko‘p. Har biri hayotda o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. Shifokor bemorni shirin so‘z va malhami ila davolasa, madaniyat va san’at xodimlari inson qalbini o‘z san’ati ijodi bilan davolaydi. Hurmatli Prezidentimiz ijod ahlini “Inson qalbining muhandislari”, deya ta’riflaganlar.
Bog‘lanish uchun: 91 588 90 85