Qisqa muddatli malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
2025-04-25 18:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi respublika tizim tashkilotlari hamda davlat teatrlari va teatr-studiyalari Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda ish yuritish bo‘yicha xodimlariga qisqa muddatli malaka oshirish kursi yakunlari bo‘yicha sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etdi va tinglovchilarga yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega, islohotlar mohiyatini chuqur anglaydigan kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilayotganligi hamda ushbu o‘quv kurslarni tashkil etishdan maqsad ham mazkur jarayonlarga uyg‘un tarzda bugungi kunda madaniyat va san’at sohasini ham yuqori bosqichga olib chiqish, xususan, vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlarini salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotganliklari haqida so‘z yuritdi va tinglovchilarni tabrikladi.
Shundan so‘ng tadbir davomida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov tomonidan tinglovchilarlar kursini tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirdi.