O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning ijodiy-ma’rifiy kechasi bo‘lib o‘tdi
2025-05-03 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi “O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan ijodiy-ma’rifiy kechalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-son majlisi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-may kuni Toshkent shahridagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek estradasining chin ma’nodagi darg‘asi, sohir ovoz sohibi, betakror san’atkor G‘ulomjon Yoqubovning madaniy-ma’rifiy kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida G‘ulomjon Yoqubovning milliy va estrada san’atining eng sara klassik va zamonaviy qo‘shiqlari ijro etildi.
Shuningdek, mazkur Ijodiy-ma’rifiy kechada madaniyat vazirining o‘rinbosarlari Murodjon Majidov, Yusufjon Usmonov, vazirlikning markaziy apparati vakillari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, Fanlar akademiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Toshkent shahar mahallari faollari, ustoz san’atkorlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi.