O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari xalqaro pianinochilar tanlovida nufuzli o‘rinlarni egallashdi
2025-05-03 11:00:00 / Yangiliklar

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Nikolay Rubinshteyn nomidagi XVI xalqaro pianinochilar tanlovida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari “Maxsus fortepiano” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlari Hamidxo‘jayeva Nilufar Botir qizi va “Maxsus fortepiano” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nizomova Mohigulxon Dilshodbek qizi ishtirok etishdi.
Tanlovda Nilufar Hamidxo‘jayeva “Superior” toifasida faxrli 2-o‘rinni, Mohigulxon Nizomova esa “Intermediate” toifasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Mazkur yutuq bilan sovrindorlarni tabriklaymiz hamda ularga ijodiy zafarlar tilaymiz.