"Kukla ve Karagöz" festivali ijodkorlari O‘zbekistonda bo‘lishdi
2025-05-10 15:45:00 / Yangiliklar

Avvalroq Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan "Kukla ve Karagöz" festivalida O‘zbekistondan Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ishtirok etgan edi.
Ijodiy hamkorlikni davom ettirish uchun Turkiyaning Anqara shahri "Kukla ve Karago‘z" festivali ijodkorlari kuni kecha Andijonda bo‘lishdi.
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
ijodkorlari mehmonlarni tantanali ravishda kutib oldilar.
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida mehmon bo‘lgan Turkiyalik qardoshlarimizga "Sheryurak Bobur" tarixiy spektakli namoyish etildi.
Spektakldan so‘ng teatr muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Shuningdek, Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida mehmon bo‘lib turgan Turkiyaning "Kukla ve Karago‘z" festivalining ijodiy xodimlari bolajonlar uchun musiqiy shou tomoshasini namoyish etdilar.
Shu bilan birga, Turkiyaning "Kukla ve Karago‘z" festivali ijodkorlari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari uchun "Karago‘z" spektaklini namoyish etdilar.