Vazir Ozodbek Nazarbekov “Madaniyat vaziri kubogi” sport musobaqasi g‘oliblarini taqdirladi
2025-05-31 16:00:00 / Yangiliklar

Avvalroq, vazirlik va tizimdagi xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol, basketbol, voleybol turlari bo‘yicha "Madaniyat vaziri kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Kuni kecha "Madaniyat vaziri kubogi" musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi hamda I, II, III o‘rin sohiblariga faxriy yorliq va sovg‘alarni taqdim etdi.
O‘yinlar natijalariga ko‘ra, sportning mini-futbol turi bo‘yicha o‘yinda Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi jamoasi III, Farg‘ona viloyati jamoasi II va Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi jamoasi faxrli I o‘rinni egalladi.
Sportning basketbol o‘yini natijalariga ko‘ra Kinematografiya agentligi jamoasi III, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi jamoasi II va "O‘zbeksirk" davlat muassasasi jamoasi faxrli I o‘rinni egalladi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada vazirlik xodimlaridan iborat jami 6 ta jamoa ishtirok etib, III o‘rinni Sado jamoasi, II o‘rinni San’at jamoasi va faxrli I o‘rinni Madaniyat jamoasi qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ–421-son qarori asosida ushbu tadbir o‘tkazildi.