"Bahodir Yalangto‘sh" spektakli Gruziyaning nufuzli teatrida namoyish etildi
2025-06-07 13:25:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi Gruziyada gastrol safarida bo‘ldi.
Gastrol safari davomida Gruziyaning Akaki Xorava nomidagi Senaki Davlat drama teatrida gurjistonlik tomoshabinlar uchun Farmon Toshev qalamiga mansub "Yalangto‘sh Bahodir" tarixiy dramasi asosida rejissyor G‘ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan spektaklni namoyish etishdi.
Spektakl gurjistonlik tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olindi.
Shuningdek, ikki teatr rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.