Yozgi ta’til vaqtida yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishda madaniy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-06-13 19:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda yozgi ta’til vaqtida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 13-iyun kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov yozgi ta’til vaqtida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda, vazirlikning markaziy apparati tegishli bo‘linmalari hamda videokonferensaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, yozgi ta’til vaqtida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi majlisining 2025-yil 26-mayda tasdiqlangan 5-sonli bayonida Madaniyat vazirligiga berilgan topshiriqlarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazirlik tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilanganligi, xususan, madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i tasdiqlanganligi va vazifalar belgilanganligi ta’kidlandi.
“Vazirlik tomonidan yozgi ta’til vaqtida umumta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar hamda mahallalar yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy-ishchi guruhi va shtab tarkiblari tuzildi, tadbirlar rejasi, viloyatlar markazlarida, tuman va mahallalar darajasida o‘tkaziladigan tadbirlar reja-jadvallari tasdiqlandi.
Shuningdek, hududiy madaniyat boshqarmalarining shtabga taqdim etishi lozim bo‘lgan namunaviy hisobot shakli tasdiqlandi.
Hurmatli vazirimiz tomonidan tasdiqlangan buyruq barcha hududlarga yetkazib berildi.
Lekin, hududlarda bu borada qanday chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda? Shu masala bo‘yicha o‘zingizdan eshitmoqchiman!”
Misol uchun, viloyatlardagi madaniyat markazlarini quvvati qancha yoshlarni qamrab olishga yetadi?
Madaniyat markazlari xodimlari faoliyati samaradorligi oxirgi marta qachon tahlil etildi?
Viloyatda nechta madaniyat markazi to‘liq ish faoliyatida?
Nechta to‘garak ishlaydi?
Madaniyat muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, ayniqsa, to‘garak rahbarlarining mehnat ta’tiliga chiqishi qanday tashkil etilgan?
Yoshlarni madaniyat muassasalariga biriktirsak, lekin to‘garak rahbarlari mehnat ta’tiliga chiqib ketgan bo‘lsa ishni qanday tashkil qilamiz?" – dedi Avazxon Tadjixanov yig‘ilish davomida.
Bu borada viloyatlar madaniyat boshqarmalarining axboroti tinglanadi.
So‘ng, vazirning birinchi o‘rinbosari mas’ullarga vazifalar berdi:
“Birinchi, 30-iyun kunidan boshlab barcha madaniyat markazlarida “Yozgi iqtidorlar" festivali loyihasiga start beramiz. Mazkur festivalning asosiy maydoni madaniyat markazlari hisoblanadi. Festival doirasida madaniyat markazida yoshlar uchun har kuni konsertlar va kino namoyishlari hamda ijodiy to‘garaklar ishlashi zarur. Festival doirasida har hafta kamida 2 kun ochiq eshiklar kunini o‘tkazilishi lozim.
Ikkinchi, bir hafta muddatda “Bir kun madaniyat markazida” videoloyihasini tashkil etasizlar.
Bunda, har bir tuman va shaharlardagi madaniyat markazlari o‘zlarining sifatli videokontentlarini tayyorlaydilar. Har bir viloyat madaniyat boshqarmasi o‘zi “Eng yaxshi video-taqdimot” tanlovini e’lon qiladi hamda joriy yilning 25-iyun kuni eng sifatli video-taqdimot qilgan markazni taqdirlaydi.
Uchinchi, hududlar yozgi ta’til uchun madaniyat markazlarida tashkil etiladigan“Yozgi iqtidorlar festivali” uchun 2 oylik maxsus ijodiy dastur ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltiriladi.
Mazkur dasturda:
1-yo‘nalish qo‘shiq va musiqa ijrochiligi
2-yo‘nalish raqs ijrochiligi
3-yo‘nalish tasviriy va amaliy san’at hamda havaskorlik teatr studiyasi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha madaniyat markazi qizg‘in faoliyat olib borishi kerak.
To‘rtinchi, “Madaniyat markaziga kelgan har bir bola – VIP mehmon!” g‘oyasini ilgari surish lozim.
Beshinchi, “Yozgi iqtidorlar" festivali doirasida qatnashgan barcha yoshlarga viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan sertifikat va faxriy yorliqlar berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Iqtidorli yoshlar kashf etilsa, bolalar musiqa va san’at maktablariga o‘qishga tavsiya etish choralarini ko‘rishi lozim. Start oladigan festival doirasida tashkil etiladigan maxsus dasturlarda ota-onalar blokini tashkil etishib ya’ni ular ham farzandlarining madaniyat markazlarida nima bilan shug‘ullanishini kelib ko‘rishlari va o‘zlari ishtirok etishlari mumkin.
Hurmatli hamkasblar, oldimizda katta loyiha turibdi, mazkur loyihani birgalikda, amalga oshirishimiz lozim” – dedi Avazxon Tadjixanov yig‘ilish yakunida.