Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan "Asia folk 2025" xalqaro festivalida "Bahor" ansambli raqqosasi I o‘rinni qo‘lga kiritdi
2025-06-18 17:35:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli vakillari - raqqosa Sevinch Akbaraliyeva hamda ansambl repetitori Gulnara Nizamovalar Mo‘g‘iliston poytaxti Ulan Batorda bo‘lib o‘tgan "Asia folk 2025" xalqaro festivalida ishtirok etish uchun ijodiy safarda bo‘lishdi.
Ansambl raqqosasi Sevinch Akbaraliyeva ushbu nufuzli festivalda o‘zining “Pomircha”, “Xorazmcha” raqslari bilan ishtirok etib, dunyoning 11 ta davlatlari: Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Malayziya, O‘zbekiston, Rossiya, Polsha, Koreya, Yaponiya, Vetnam, Hindiston, Mo‘g‘uliston orasida faxrli I o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avval xabar berilganidek, joriy yilning 22-25-iyun kunlari Ulan-Bator shahrida "O‘zbekiston madaniyati kunlari" doirasidagi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansambli 1957-yil tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva hisoblanadi.