"Shaffof-qurilish" axborot tizimi - “Reyting” platformasi
2025-02-12 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar

"Shaffof-qurilish" ishlab chiqqan, qurilish-pudrat tashkilotlarining ishini avtomatik baholashga yo‘naltirilgan tizimlardan yana biri- “Reyting” platformasi.
Bu platforma orqali qurilish sohasidagi 19,263 ta tashkilotning faoliyati 4 asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
- umumqurilish va ijtimoiy obyektlar;
- melioratsiya va irrigatsiya;
- avtomobil yo‘llari va ko‘priklar;
- loyiha tashkilotlari.
Platforma inson omilisiz avtomatik baholashni amalga oshiradi. Bu esa shaffoflik va obyektivlikni ta’minlaydi. Tizim orqali tashkilotlar reyting natijalari ochiq-oshkora ko‘rinib turadi.
Bu o‘z navbatida qurilish sohasidagi xufiyona iqtisodiyot ulushining qisqarishiga, aylanma mablag‘lar hamda maxsus texnikalar sonining oshishiga xizmat qilmoqda.