Vazirlik soha mutaxassislari Xitoy davlatida boʼlib lift xafsizligini taʼminlash tajribasi bilan tanishmoqdalar
2025-04-25 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mutaxassisi Husniddin Shodiyev va bir guruh soha mutaxassislari Xitoy davlatida boʼlib lift xafsizligini taʼminlash tajribasi bilan tanishmoqdalar.
Safar davomida delegatsiya aʼzolari lift qurilmalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, sinov laboratoriyalari va inspeksiya idoralari vakillari bilan uchrashuvlar oʼtkazib, lift sifati va xavfsizligini ta'minlash yuzasidan tajriba almashmoqdalar.
Xususan, Shanxay shahrida bo'lib turgan yurtdoshlarimiz bir vaqtning o'zida 354 000 ta lift qurilmasini masofadan kuzatuvchi Situatsion markazda bo'ldilar. Yirik ma'lumotlar bazasi, raqamlashgan boshqaruv mexanizmi tajribasi yuzasidan rasmiy ham uchrashuv ham tashkil etildi.
Unda tomonlar manfaatli hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.