Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens-nazorati tizimini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-04-25 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens-nazorati tizimini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘limlari va tizimdagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorati xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari raisligida joriy yilda bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ilgari surilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida tizimda komplayens-nazoratini samarali tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash va faoliyatda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni minimallashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ichki nazorat tizimini yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xodimlar malakasini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.