Ozoda Jo’rayeva Samarqanddan Qashqadaryoga yetib keldi
2025-06-03 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Xususan, vazir o’rinbosari Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani “Yangi O’zbekiston” massivida barpo etilayotgan boshqaruv servis kompaniyasi binosining qurilishi bilan tanishdi.
Massivdagi 54 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Mubina” BSK binosida ish qizg’in. Zero, yangi shaharchaga mulkdorlar ko’chib kelishni boshlagan. Aholiga sifatli va zamonaviy xizmat ko’rsatishda esa boshqaruv binosi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bino mulkdorlarga har tomonlama qulay sharoitlarni taqdim etishga mo’ljallanmoqda. Shuningdek, boshqaruv organi qo’shimcha servis xizmatlarni yo’lga qo’yishni ham rejalashtirgan. Tikuvchilik, go’zallik hamda yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan.
Ozoda Jo’rayeva xizmat ko’rsatishda mana shunday optimal yechimlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Ish samaradorligiga alohida e’tibor berish yuzasidan tavsiyalar berildi.