Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi
2025-03-04 16:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (28.02.2025-y., 131-son) qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarida yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari, ularni rasmiylashtirish va hisobotlarda aks ettirish yagona shartli koordinatalar tizimi - 1984-yilgi xalqaro geodezik tizim asosida amalga oshirish, foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarni topshirish tartibi belgilandi.
Shuningdek, qarorda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda inspeksiyaning Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan.