Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi
2025-03-20 16:05:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tizimosti korxonalarda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida turli madaniy tadbirlar, konsertlar, sport musobaqalari, sumalak sayillari o‘tkazilmoqda.

20-mart kuni Kon-geologiya vazirligida Milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Markaziy apparat xodimlari lanka tepish, tosh ko‘tarish bo‘yicha yakkalik bahslarida, shuningdek jamoaviy tarzda arqon tortishda o‘zaro raqobatlashdilar.
Yakunda tosh ko‘tarishda O‘.Djabbarov g‘olib chiqdi, X.Sharipov, M.Yigitaliyev mos ravishda 2-3-o‘rinlarni egallashdi. Lanka tepishda 1-o‘rin O.Mamatqulovga, 2-o‘rin Sh.Alimovga va 3-o‘rin K.Shukurjonovga nasib qildi.
Arqon tortish jamoaviy musobaqalarida Kalmarlar jamoasi 1-, “Metallurglar+geolog” jamoasi 2- hamda “4+1” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar. G‘olib va sovrindorlarga Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.