Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi o'rtasida “Hokim murojaati” moduli orqali muloqotlar tashkil qilindi
2025-03-27 17:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 25, 26, 27-mart kunlari Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan “Hokim murojaati” moduli orqali onlayn muloqotlar oʻtkazildi.

Muloqotlarda koʻtarilgan masalalar va mavjud muammolar yechimi yuzasidan takliflarga vazirlik rahbariyati, mutaxassislari, tizimosti tashkilot hamda korxonalar rahbarlari tomonidan javob va izohlar berildi.
Shuningdek, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan muammolarni tezkor hal etish choralarini koʻrish zarurligi qayd etildi.