“Geologiya muzeyi” DM yangi binosiga press-tur tashkillashtirildi
2025-04-04 15:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 4-aprel kuni Geologlar kuni kasb bayrami arafasida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar uchun “Geologiya muzeyi” davlat muassasasiga press-tur tashkil qilindi.

Dastlab muzeyning yangi binoda o‘z faoliyatini davom ettirayotgani ma’lum qilindi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti rahbariyati vakillari tomonidan ramziy lenta qirqildi. Soha xodimlari, universitet talabalari uchun ekskursiyalar boshlandi.
Tadbir davomida press-tur ishtirokchilariga muzeyning yangi binosi, u yerdagi eksponatlar bilan tanishishdi, muzey, uning tarixi, ta’limdagi va ilmiy faoliyatdagi ahamiyati, tog‘ ma’danlari va minerallar, respublikamizdagi mavjud va faoliyat olib borayotgan konlarning etalon kolleksiyalari haqida ma’lumotlar olishdi.