“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanida “Vazirlik bog‘i” barpo etilmoqda
2025-04-08 16:50:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining bir guruh xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Xumson” MFY hududida tashkil qilinadigan vazirlik bog‘i uchun ko‘chatlar ekishdi.

“OKMK” AJ xodimlari bilan birgalikda uyushtirilgan hashar davomida vazirlik vakillari tomonidan 300 tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Umumiy hisobda bugungi kunga qadar 1500 dan ortiq mevali ko‘chatlar ekildi.