“Oʻzbekgeofizika” AJ: Sharqiy Jiydalik istiqbolli strukturasi burg‘ilashga tayyorlandi
2025-04-15 09:45:00 / Yangiliklar
2025-yilning I choragida “Oʻzbekgeofizika” AJ Ishlab chiqarish geologik-uslubiy partiyasi mutaxassislari tomonidan zamonaviy “Paradigm” dasturiy taʼminoti yordamida geologik-geofizik tadqiqotlar amalga oshirildi.

Xususan, 2812,75 pog. km — UCHN-2D seysmik maʼlumotlariga hamda 890 kv. km² — UCHN-3D seysmik maʼlumotlariga toʻliq ishlov berildi va tahlil qilindi.
Shuningdek, “Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi” mutaxassislari bilan hamkorlikda Sharqiy Jiydalik istiqbolli strukturasi burg‘ilashga tayyorlandi.
Ushbu jarayonlar respublikamizning murakkab tuzilishli chuqur istiqbolli geologik qatlamlarini va yangi neft-gazga istiqbolli hududlarni oʻrganishga xizmat qiladi.