Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilmoqda
2025-04-16 14:14:00 / Yangiliklar

Tadbirda bir qator qonunchilik hujjatlari loyihalari, xususan, “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi, yer osti suvlaridan nazoratsiz va hisobsiz foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgani, sug‘oriladigan yerlarni boshqa toifaga o‘tkazish bo‘yicha talablar qonun darajasida yana-da kuchaytiriladi, toifasi o‘zgartirilgan yerlardan kelgusida foydalanishga aniq shartlar qo‘yilishi haqida fikr almashildi.
Yer osti suvlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari kamaytirilishi, ushbu sohalardagi huquqbuzarliklar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligi yana-da oshishi, sohada davlat nazorati samaradorligi kuchaytirilishi, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun qulayliklar yaratilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, majlisda mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari aʼzolari o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.