“O‘zbekgeofizika” AJ faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2025-04-16 17:30:00 / Matbuot anjumanlari
2025-yil 16-aprel kuni Milliy matbuot markazida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “O‘zbekgeofizika” AJning 2024-yildagi faoliyati va 2025-yildagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.Toshqulov, “O‘zbekgeofizika” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Azimboyev hamda Ta’minot, qurilish, transport, infratuzilma va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti rahbari T.Aliqulov spikerlar sifatida korxonaning 2024-yildagi faoliyati va joriy yildagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, matbuot anjumanida ijtimoiy tarmoqlardan yo‘llangan, jurnalistlar, OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob va tushuntirishlar berildi.