Qizilmachit, Qorason, Xo‘jabarku-Malyangur paleovulqonlari o‘rganilmoqda
2025-04-17 15:15:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti “Geologiya va geofizika instituti” DM Ma’dan hosil bo'lish jarayonlari laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan Janubiy O‘zbekiston hududidagi Qizilmachit, Qorason, Xo‘jabarku-Malyangur paleovulqonlarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Dala ishlari paleovulqon hosilalari va vulqon bo‘g‘zidagi minerallarning metallogenik salohiyatini o‘rganishga xizmat qiladi.
Tadqiqotlar natijasida, bu hududlarning ma’dan hosil bo‘lish jarayonlari, vulkanik faoliyatning metallogenezga ta’siri va bu jarayonlarning kelajakdagi geologik resurslar bilan bog‘liq istiqbollari aniqlanadi.