Kon-geologiya vazirligi hamda “OKMK” AJ hamkorligida soha korxonalari matbuot kotiblari uchun seminar-trening tashkil qilindi
2025-04-24 16:55:00 / Yangiliklar

Seminarda Kon-geologiya vazirligi tizimosti korxonalari matbuot kotiblari, Axborot xizmatlari xodimlari, shuningdek Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati mutaxassislari ekspert sifatida ishtirok etishdi.
Dastlab, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati xodimi D.Qurbonova vazirlik hamda idoralarda, umuman turli media-tadbirlarda press-reliz tayyorlashda kuzatiladigan kamchiliklar, yutuqli tomonlar, tendensiyalar, jurnalistlar pullini tashkil qilish masalalari haqida ma’lumot berdi.
AOKA mas’ul xodimi M.Fayziyev fotoapparatda suratga olishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, to‘g‘ri rakurs tanlash, fotosuratlar hamda videomahsulotlarni tasvirga tushirishning bir-biridan farqi va boshqa jihatlarga to‘xtaldi.
“OKMK” AJ Axborot xizmati boshlig‘i U.Qarshiboyeva press-reliz, press-kit tushunchalari, tajribasida kuzatilgan keyslar, kommunikatsiyalardan oqilona foydalanish, Axborot xizmati ishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari kombinat muzeyi, televizion studiyalar, matbuot nashrlarining tahrirriyatlari bilan tanishdilar, Qalmoqqir koni, kondagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir ishtirokchilariga “OKMK” AJ mutasaddilari tomonidan 3-Mis boyitish fabrikasida amalga oshirilayotgan ishlar, fabrikaning ishlab chiqarish quvvatlari, o‘rnatilayotgan texnologik uskunalar, fabrikaning hudud rivojidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.