Traxys North America LLC vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-04-29 11:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Traxys North America LLC kompaniyasi prezidenti Mark Kristoff boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda xorij delegatsiyasi vakillariga O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, geologiya qidiruv ishlari hamda sanoat ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.