“INNOPROM.Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasida bir qator kompaniyalar bilan kelishuvlar imzolandi
2025-04-29 17:45:00 / Yangiliklar
“INNOPROM.Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuni ham Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari uchun samarali o‘tdi, bir qator yo‘nalishlardagi hamkorlik yuzasidan kelishuvlar tuzildi.

Xususan, “Servis Texnoprom” kompaniyasi bilan maʼdanlarni qayta ishlash texnologiyalari va dastgohlarni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan hamda “Mallenom sistems” kompaniyasi bilan innovatsion texnologiyalarni konchilik sanoatiga joriy qilish yuzasidan anglashuv memorandumlari imzolandi.
Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida ham Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining ekspozitsiyasi jamoatchilik hamda tadbir ishtirokchilarining qiziqishi yuqori bo‘ldi.