Qo‘rg‘ontepa tumanidagi vazirlikka biriktirilgan mahallada yangi kasb-hunar markazi ochildi
2025-05-02 17:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Toshloq” mahalla fuqarolar yig‘ini markazida aholi bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘qitish maqsadida zamonaviy “Kasb-hunar markazi” tashkil etildi.
Markaz tikuv mashinalari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, bu yerda ishsiz ayollar tikuvchilikka o‘qitilib, daromadli mehnatga yo‘naltiriladi.