Futzal bo‘yicha Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri kubogi uchun musobaqalar boshlandi
2025-05-30 16:35:00 / Yangiliklar
2025-yil 30 – 31-may kunlari futzal bo‘yicha “Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri kubogi” uchun turnirga start berildi. Dastlab musobaqalarda ishtirok etadigan jamoalar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

30-may kuni Kon-geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari xodimlari ishtirokida jami 18 ta jamoa kubok uchun bahslarga kirishdi.
Musobaqaning birinchi kunida yarim final bosqichida ishtirok etadigan 4 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. 31-mayda Vazir kubogi uchun yarim final, 3-o‘rin uchun hamda final o‘yinlari o‘tkaziladi.