“Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri kubogi” uchun musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
2025-05-31 16:15:00 / Yangiliklar
30 – 31-may kunlari o‘tkazilgan futsal bo‘yicha “Vazir kubogi” uchun musobaqalarning yarim final, so‘ngra 3-o‘rin va chempionlik masalasini hal etuvchi final uchrashuvlari o‘tkazildi.

Yarim final bahslarida mag‘lubiyatga uchragan “Navoiyuran” DK hamda “NGKGQI” DM o‘rtasidagi o‘yinning asosiy vaqtida jangovar 7:7 hisobidagi durang qayd etilib, penaltilar seriyasida navoiyliklarning qo‘li baland keldi.
Final uchrashuvida “NKMK” AJ va “OKMK” AJ kubok g‘olibligi uchun bahsga kirishdi, murosasiz o‘yinning asosiy vaqtida nursiz durang kuzatildi, “omad lotoreyasi”da “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ jamoasi g‘alabaga erishdi.
Musobaqalar yakunlangach, Kon-geologiya vaziri B.Islamov g‘olib va sovrindorlarga sovg‘alar hamda kubokni tantanali ravishda topshirdi.