“Kambag‘allikdan farovonlik sari”: Samarqand tumanida yangi kasb-hunar markazi ish boshladi
2025-06-02 17:10:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Samarqand tumanidagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘ini biriktirilgan.

Biriktirilgan hududlardan biri “Yangi Joy” MFYda aholi bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda daromad manbalarini kengaytirish maqsadida zamonaviy “Kasb-hunar markazi” tashkil etildi.
Markaz tikuv mashinalari va zamonaviy dazmol bilan jihozlanib, asosan ishsiz ayollarni tikuvchilikka o‘qitish va ularni daromadli mehnatga yo‘naltirishni maqsad qilgan.
Bu orqali mahalladagi ayollarning iqtisodiy faolligi oshirilishi kutilmoqda. Markaz yil davomida faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.