Schlumberger Oil and Gas Technologies B.V. kompaniyasi bosh direktori rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-06-05 17:50:00 / Yangiliklar
2025-yil 5-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari hamda Schlumberger Oil and Gas Technologies B.V. kompaniyasi bosh direktori Olivye Le Pyosh boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda burg‘ilash uskunalari, qatlamlarni baholash, ishlab chiqarishni optimallashtirish, raqamli texnologiyalar, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar malakasini oshirish borasida kelgusidagi hamkorlik masalalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, neft-gaz geologiyasi hamda qidiruvi, uglevodorod xomashyosi yo‘nalishi, “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.