“Navoiyuran” DK ISO 37001 hamda ISO 37301 xalqaro sertifikatlariga ega bo‘ldi
2025-06-09 12:45:00 / Yangiliklar

“CERT International” xalqaro sertifikatlash tashkilotining bosh auditori R.Ibragimov mazkur standartlar boʻyicha sertifikatlarni “Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Dj.Fayzullayevga topshirdi va korxona jamoasining ESG sohasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholab, kelgusidagi loyihalarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Sertifikatlar korxonada korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimi mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga muvofiq ravishda ish yuritilayotganini koʻrsatadi.
Bunga qadar “Navoiyuran” DK tomonidan beshta ISO xalqaro standarti — ISO 9001 “Sifat menejmenti”, ISO 14001 “Ekologik menejmenti”, ISO 45001 “Mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash menejmenti”, ISO 27001 “Axborot xavfsizligi menejmenti” va ISO 50001 “Energetika menejmenti” amaliyotga joriy qilingan va tegishli sertifikatlar qoʻlga kiritilgan edi.