“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda
2025-06-16 17:10:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekgidrogeologiya” DM Davlat geologik monitoring xizmati tomonidan 2025-yil 5-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1062-sonli Qonun mazmun-mohiyatini aholi va yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga yetkazish maqsadida jamoatchilik vakillari ishtirokida tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Tadbirlarda, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda, mahalliy boshqaruv organlari vakillari hamda sohaga aloqador boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilarga qonunchilikga kiritilgan o‘zgarishlar, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va ular monitoringini olib borishning samarali mexanizmlari haqida ma’lumotlar berilmoqda.