“GIDROINGEO instituti” DM: Qizilqum MGQE obyektlarida muhandis-geologik tadqiqotlar olib borildi
2025-06-17 10:50:00 / Yangiliklar
“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari tomonidan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Navoiy viloyatida joylashgan obyektlarida muhandis-geologik tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

Tadqiqot ishlari doirasida dala sharoitida joylashgan bir qator geologik burg‘i quduqlaridan olingan kern namunalari belgilangan talablar asosida hujjatlashtirildi.
Keyinchalik ushbu namunalarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash maqsadida ular belgilangan tartibda “Gruntlar va togʻ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish” laboratoriyasiga tahliliy tadqiqotlar uchun topshirildi.