Kon-geologiya vazirligida ijro intizomi masalalari muhokamasi yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-06-18 12:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida rahbariyat, markaziy apparat departament, boshqarma boshliqlari, tarkibiy bo‘linmalar, tizim korxonalari rahbar va mas’ullari ishtirokida ijro-intizomi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir davomida vazir B.Islamov ijro-intizomini mustahkamlash, Prezident Farmon, qarorlari, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni sifatli bajarish, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidagi maqsadlarga erishish va boshqa muhim masalalar haqida so‘z yuritdi, mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini ta’minlash, yer qa’ridan foydalanish, metallurgiya, sanoat uchun muhim minerallarni yetkazib berishda, geologiya qidiruv jarayonlarida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, sohaga investitsiyalarni jalb qilish va boshqa muhim topshiriqlar ijrosiga jiddiy yondashish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.