“Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi instituti” DMda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi
2025-06-19 17:10:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 19-iyun kuni “Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “GIDROINGEO instituti” DM ijro apparati va tashkiliy bo‘linmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sag‘dullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari to‘g‘risida taqdimot qildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, izohlar va tushuntirishlar berdi.