“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etilmoqda
2025-06-19 17:50:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan qatnashmoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi bo‘yicha ko‘rgazma stendi keng jamoatchilik hamda tadbir ishtirokchilarini o‘ziga jalb etmoqda.
Vazirlik stendiga qiziqish bildirayotganlarga “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zTMK” AJ, Geologiya yo‘nalishidagi muassasalar faoliyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar haqida ma’lumotlar, tarqatma materiallar berilmoqda.
Shuningdek, kelgusida soha korxonalari bilan hamkorlikda ishlash istagini bildirgan xorijlik ekspertlar, turli kompaniyalar vakillari bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazilmoqda.