Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
2025-06-23 17:05:00 / Matbuot anjumanlari
2025-yil 23-iyun kuni Milliy matbuot markazida “Geologiya fanlari universiteti tizimida olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda vazir o‘rinbosari U.Yusupov, Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadirxodjayev hamda “Mineral resurslar instituti” DM direktori M.Isoqov spiker sifatida ishtirok etishdi.
Spikerlar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati, asosiy yo‘nalishlari, bu borada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, xalqaro miqyosda erishilayotgan ijobiy natijalar, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, sohaga oid takliflar tinglandi.