MINEX Central Asia 2025 forumining ikkinchi va uchinchi kunlari haqida
2025-06-26 16:55:00 / Yangiliklar

Xususan, Uran – kelajak energiyasi manbai” sessiyasida uran sanoatining ESG talablari, investitsiyaviy jozibadorligi, xavfsizlik siyosati va yadro texnologiyalarining kelajagi haqida fikr almashildi, ushbu jarayonda vazir o‘rinbosari U.Yusupov bevosita spiker sifatida ishtiroke etdi.
“Ilmiy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirish” sessiyasida Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadirxodjayev ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lida universitetda olib borilayotgan tizimli islohotlar, xalqaro ilmiy loyihalardagi ishtirok, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida taqdimot qildi.
Shuningdek, 26-iyun kuni forumning uchinchi kunda ishtirokchilar uchun Davlat Geologiya muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.