Geologiya fanlari universitetida Zoya Abduazimovaning 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi
2025-06-27 16:15:00 / Yangiliklar

Tadbirni “Mineral resurslar instituti” DM direktori M.Isoqov ochib berdi, shundan so‘ng Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi departament boshlig‘i A.Rustamov, Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadirxodjayev, vazirlik bo‘lim boshlig‘i N.Dulabova, GFU prorektori L.Sharafutdinova so‘zga chiqib, iliq tilaklarini bildirishdi.
Tadbirda geologiya sohasining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan Z. Abduazimovaning boshqa shogirdlari ham ustozning ularning ilmiy faoliyatidagi o‘rniga doir fikrlarini bildirdilar.
“Mineral resurslar instituti” DM tomonidan tashkil qilingan anjumanda talaba yoshlar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga professorning 72 yillik faoliyatida erishgan natijalari, yutuqlari, sabr-toqati, har bir shogird ishiga individual yondashuvi sohaning rivojlanishiga, bilimlarni puxta egallagan professional kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qilgani ta’kidlab o‘tildi.