Toshkent davlat transport universiteti – QS World University Rankings reytingining TOP-1200 oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatida!
2025-06-19 13:00:00 / Yangiliklar
Bu natija — universitetining xalqaro reytinglarda ishtiroki borasidagi muhim tarixiy bosqich bo‘lib, dunyoning TOP-1000 oliy ta’lim muassasalari safiga kirishga bir qadam yaqinlashganini anglatadi.
Reyting indikatorlari orasida:
Akademik reputatsiya bo‘yicha universitet dunyoning TOP-600 talik ro‘yxatidan,
Ish beruvchilar e’tirofi (employer reputation) bo‘yicha esa TOP-800 talikdan joy olgan.
Mazkur yutuq — universitet jamoasining ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida olib borayotgan izchil sa’y-harakatlari, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishga qaratilgan strategiyasining amaliy samarasi hisoblanadi.
QS reytingida ishtirok etish – bu nafaqat e’tirof, balki katta mas’uliyatdir. Toshkent davlat transport universiteti global ta’lim maydonida munosib o‘rin egallash yo‘lida harakatda davom etadi.